Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqara öz milliy xavfsizligiga tahdidlarning oldini olişga töliq huquqqa egaligini aytdi.
Erdöğan Turkiyaning Suriyadagi harakatlarini “mutlaq tabiiy” deb atadi. “Suriyadan 12 ming km narida bölgan davlatlar Suriyadagi vaziyatga aralaşişga haqli bölsa-yu, Suriya bilan 911 kmlik çegaraga ega bölgan Turkiya qölini qovuştirib, Suriya hududidan bildirilayotgan tahdidlarni inobatga olmasligimi kerakmi?”, deb hayrat bildirgan Erdöğan.
Erdöğan AQŞning Suriyadagi pozitsiyasini qoraladi. “IŞID bilan kuraş bahonasida PYD terrorçilari siyosiy qöllab-quvvatlanmoqda, qurollantirilmoqda va pul bilan ta'minlanmoqda. Ikki terrorçi guruh Raqqada kelişib olgani ma'lum bölgandan keyin, AQŞ IŞIDning yuzlab terrorçilari Vaşington ijozati bilan hududni tark etganlarini tan oldi. Bu Turkiya ittifoqdoşlariga töğri kelmaydigan şarmandali iqrordir. Anqara hududdagi vaziyatdan juda ham yaxşi xabardor. Masala boşqa yerda: AQŞ öz siyosatining oqibatlarini anglayaptimikin?”, deb savol bilan yuzlangan Erdöğan.
Erdöğan Turkiya Idlibdagi operatsiyani nafaqat yakunlaşiga, balki Suriyaning Afrin va Myunbiç şaharlarini ham jangarilardan ozod qilişga va'da berdi. “Turkiya milliy xavfsizligi qöşni Iroqdagi, jumladan Qandildagi manbalariga ham zarba beradi”, deb qöşimça qilgan Erdöğan.
Erdöğanning eslatib ötişiça, Suriya hududidan maksimal tahdid bildirilgan davrda NATO Turkiyadagi raketa-zenit tizimlarini qaytarib oldi va Turkiya hududiga hujum qilingudek bölsa, Anqarani qöllab-quvvatlamasligini anglatib qöygan. “Bunday taşkilotga işonç masalasi jiddiy savollar tuğdiradi”, deb ta'kidlab ötgan Turkiya prezidenti.
“Turkiya öz havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlarini mustahkamlaş uçun Rossiyaning S-400 majmualarini xarid qiliş böyiça muzokaralarni boşlaganda, NATOning bir qator davlatlari Anqarani tanqid qila boşladi”, deb qöşimça qilgan Erdöğan va bularning barçasi NATO içida muammolar mavjudligini tasdiqlaşini aytgan.












