Saraton (rak) kasalini davolovçi dorining topilişi insoniyat uçun ulkan qadam bölar edi, biroq azaldan ma'lumki, kasallikni davolagandan köra, uning oldini olgan ma'qul. Bloomberg  naşrining xabar berişiça, yaqinda AQŞda bir guruh olimlar personallaştirilgan (ya'ni ma'lum bir inson uçun maxsus tayyorlangan) saratonga qarşi vaksinani sinab körişgan.

Moliyalaştirilişi Moderna Therapeutics startapi doirasida amalga oşirilgan unikal vaksinani öz tanasida sinab körgan ilk inson Glenda Kliver böldi. Olimlar qizning genomini sekvenirlab unda bir neçta mutatsiyalarni aniqlaşgan. Bu mutatsiyalar kelajakda qizda saratonning turli körinişlarini keltirib çiqarişi mumkin bölgan. Glendaning boş RNKsi asosida potensial 20 ta xavfli oqsillarni nişonga oluvçi, molekulalarni töğri yiğiş «yöriqnomasi»ga ega vaksina tayyorlangan. Ayni paytda bemor özini juda yaxşi his qilmoqda, biroq olimlar Glendani kuzatişda davom etişmoqda.

Qayd etib ötiş joizki bu bunday vaksina yaratilayotgan ilk holat emas. 2010 yilda Dendreon kompaniyasi ham şunday preperat yaratgan, biroq uni işlab çiqariş öta qimmat bölib, özining samaradorligini isbotlay olmagan.

Amerikalik tadqiqotçilardan boşqa davlatlardagi hamkasblari ham ortda qolişmayapti. Masalan, nemislarning BioNTech kompaniyasi melanomaga qarşi vaksina ustidagi tadqiqotlarni yakunlagan.

Gritstone Oncology korporatsiyasi esa saratonga qarşi vaksinalarni 2018 da sinaşni boşlaydi. Bundan taşqari, Neon Therapeutics olimlari siydik pufagi, öpka saratoni va melanomaga qarşi özlari yaratgan vaksinasining ilk natijalarini ola boşlaşadi.

Bir qator kompaniyalarning vaksina işlab çiqarişga bölgan qiziqişlarni hisobga olib, bunday samarali vaksina yaqin yillarda yaratilişiga va minglab hayotlarni qutqarib qolişiga kişining işongisi keladi.