Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II’ning nabiralari, aka-uka şahzodalar Uilyam va Harri “Yulduzlar janglari” filmining yangi qismida suratga tuşdilar. “Yulduzlar janglari: Oxirgi jyedaylar” filmi 15 dekabrdan ekranlarga çiqariladi.
Filmda şuningdek britaniyalik aktyor Tom Xardi va Take That guruhi a'zosi Geri Barlou ham rol ijro etganlar. Bu haqda Hollywood Reporter xabar bermoqda.
Biroq ularni filmda taniş oson bölmaydi. Filmni suratga oliş jarayoniga yaqin bölgan manbaning ma'lum qilişiça, aka-ukalar hamda Xardi va Barlou şturmçi askarlar kostyumlarida paydo böladilar.
Film syujyetiga köra, ular aktyor Jon Boyyegining Finn ismli qahramonini qöriqlaydilar. Boyyegining özi esa şahzodalar bilan birga işlaş qiziq va zavqli bölganini aytgan.
Şahzodalarning filmda suratga tuşişlari haqidagi gaplar 2016 yil bahorida paydo bölgandi.

















