Şahzoda Britaniya askarlariga kundalik işlari uçun şaxsan minnatdorçilik bildirmoqçi ekanini aytdi.

«Şaxsan özim kelib, har kuni qilayotgan işlaringiz uçun rahmat aytişni xohladim», dedi şahzoda harbiylarga murojaat qilib.

«Siz bu yerda erkinliklarimizni himoya qilişda juda muhim iş bajaryapsiz, bu juda muhim. Uyda hamma sizni qöllab-quvvatlaydi», deya qöşimça qildi Uilyam.

Şahzoda Uilyamning Britaniya harbiy kontingenti joylaşgan Polşa janubi-şarqidagi Jyeşuv şahriga safari sir saqlandi va faqat harbiy bazani tark etib, Varşavaga qaytgaç oşkor etildi.

Jyeşuv Ukraina çegarasidan bir soatlik masofada joylaşgan va u yerda joylaşgan britaniyalik uçuvçilar amerikalik va polşalik hamkasblari bilan birgalikda Polşa havo hududini himoya qiladi.

Britaniya taxti vorisi matbuot bayonotida, şuningdek, «öz eşiklari bilan birga qalblarini ham oçgan Polşa xalqining ilhomlantiruvçi insoniyligi»ga hurmat bajo keltirdi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşlanganidan beri Polşa eng köp ukrainalik qoçqinlarni qabul qildi. Mamlakat rasmiylariga köra, hozir u yerda Ukrainaning 1,3 millionga yaqin fuqarosi bor.

Şahzoda iştirokidagi asosiy tadbirlar payşanba kuni rejalaştirilgan: Uilyam Varşavadagi Noma’lum askar qabriga gulçambar qöyadi va prezident Anjyey Duda bilan uçraşadi.