Eron tomondan qöşni davlatlarga nisbatan yuritilayotgan taşqi siyosat mintaqani “jarlikka itarmoqda”. Bunday fikrni Arab davlatlari ligasi boş kotibi (ADL) Ahmad Abu al-Ğayt ADL davlatlari taşqi işlar vazirlarining Qohirada 19 noyabrda ötgan şoşilinç yiğilişida bildirdi. 

“Eron siyosati barça çegaralardan ötib, butun mintaqani jarlikka itarmoqda”, deb aytgan al-Ğayt. Uning fikriça, Tehron xalqaro hamjamiyat fikriga quloq solmaydi va öz xatti-harakatlari bilan ham mintaqadagi, ham xalqaro maydondagi barqarorlik va xavfsizlikka xavf solmoqda.  

Uning fikriça, “Eronning aralaşuvi Yamandagi barqarorsizlikning asosiy sababidir. Al-Ğayt Eron tomondan Yamandagi “Ansor Alloh” isyonçi harakatining qöllab-quvvatlanişini keskin tanqid qildi. ADL rahbari fikriça, husiylar tomondan Saudiya Arabistoni hududiga otilayotgan raketalar isyonçilarga Tehron tomondan yetkazib berilmoqda. Uning aytişiça, Eronning raketa dasturi barça qöşni davlatlarga xavf soladi.

Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr ham yiğiliş oçilişida Eronning aralaşuvi Yaqin Şarq uçun katta xavf solişini va arab davlatlari bunga jiddiy e'tibor qaratişlari kerakligini aytib ötdi. 

“Eronning aralaşuvi mintaqani katta xatarlarga qöymoqda va biz uning xatti-harakatlariga jiddiy qarşilik körsatişimiz kerak. Eron barça xalqaro tamoyillarga putur yetkazmoqda, uning işlari xalqaro hamjamiyatni bu davlatni terrorçilik xomiylari orasida birinçi öringa qöyişga majbur qilmoqda”, deb aytgan al-Jubayr.

Uning aytişiça, Eron raketalari bilan qirollikka zarba berilişi Tehron tomondan “töxtamayotgan tajovuz”dan darak bermoqda. “Saudiya Arabistoniga ötgan davr içida 80 dan köproq raketa otilgan va Saudiya Arabistoni bu hujumlarga qöl qovuştirib ötirmaydi. Bugun biz öz milliy xavfsizligimizni saqlab qoliş uçun Eronning siyosatiga qarşi turişimiz kerak. Eron hujumlariga indamaslik birorta arab davlatini bu raketalardan himoyalay olmaydi”, deb qöşimça qilgan Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri.