Saudiya Arabistoni Eronning arab dunyosidagi kuçayib borayotgan ta'siriga qarşi kuraşini kuçaytirdi. U şu maqsadda 19 noyabr kuni Arab Ligasiga a'zo 22 davlatni Eronning Livandagi ittifoqdoşi Hizbulloh taşkilotini “terrorçi taşkilot” deb qoralaşga undadi. 

Arab mamlakatlarining taşqi işlar vazirlari Liganing Qohiradagi boş qarorgohida Saudiya Arabistoni tomonidan çaqirilgan favqulodda majlisga töplanişdi. Livanning taşqi işlar vaziri Jibron Bassil mazkur yiğilişga kelmadi. 

Iroq TIV rahbari Ibrohim al Ja'fariy ham majlisda qatnaşmagan. Aytiş joizki, Eron va AQŞ yetakçiligidagi xalqaro koalitsiya Bağdodning IŞIDga qarşi uruşida asosiy qöllab-quvvatlovçilari böldi. 

“Biz barçaning mas'ul bölişini xohlaymiz”, - degan Bahrayn taşqi işlar vaziri Xolid bin Ahmad al Xalifa. – Biz Livan kabi hukumatda Hizbulloh şerikçilik qiladigan mamlakatlarni nazoratga olişni istaymiz”. Al Xalifaning da'vo qilişiça, Livan “uşbu terrorçi guruh tomonidan butunlay nazorat qilinmoqda”.

Bahrayn taşqi işlar vazirining bayonotini şarhlagan Bayrutdagi Amerika universiteti professori Rami Xuriyga köra, "Hizbulloh, ayni vaqtda, Livandagi eng kuçli siyosiy guruhdir. Bu ayniqsa konsensus talab qilinadigan holatlarda yaqqol namoyon böladi. Biroq Hizbulloh töliq nazorat qilinmaydi”.

Eslatib ötamiz, Saudiya Arabistoni va Eron örtasidagi sönggi keskinlik kuçayişiga 4 noyabrdagi hodisalar sabab böldi. Öşanda Yamandagi Eron qöllab-quvvatlaydigan isyonçi husiylar Ar Riyod xalqaro aeroporti tomon ballistik raketa uçirdi. Saudiya Arabistoni uşbu zarbada Hizbulloh va Eronni aybladi. Ular, öz navbatida, bu ayblovni rad etdi. Qayd etiş jizki, Saudiya podşohligi va Eron örtasidagi munosabatlar 1979 yilgi Eron inqilobidan söng havas qilgulik emas. 

Saudiya Arabistoni öz taşabbusi bilan çaqirilgan majlisda Eron bilan mustahkam aloqalarga ega bölgan Hizbullohni jiddiy tarzda aybladi. Podşohlikning Körfaz masalalari böyiça vaziri Tamar Sabah ogohlantirib, Livan “yo tinçlikni yoki Hizbullohning siyosiy boşqaruvida yaşaşdan birini tanlaşi kerak”, degan fikrni ilgari surdi. 

Ammo, hozirça, Arab Ligasining 19 noyabrdagi yiğilişi aniq harakatlarga aylanadimi-yöqmi, biror narsa deyiş qiyin. Ma'lumki, Liga amal qilinmaydigan rezolyutsiyalar va kommyunikelar qabul qiliş bilan çeklanadigan taşkilot ekanligi bilan maşhurdir. Biroq Arab Ligasi ilk bor Hizbullohga qarşi şunday jiddiy qarşi turmoqda. 

Eron taşqi işlar vaziri Javad Zarif favqulodda yiğilişga öz fikrini bildirar ekan, “afsuski, Saudiya Arabistoniga öxşaş mamlakatlar turli xilliklarni barpo qilayotgani sababli guruhlardan boşqa narsani körmayapti”.