Ikki hafta avval dunyoning aksariyat davlatlarida sotuvga çiqqan iPhone X bilan boğliq muammolar yana bittaga köpaydi. Bu esa kompaniyaning qurilmani yaratişda mablağlarni tejaşga qaror qilganidan darak beradi.

Gap şundaki, dunyodagi eng qimmat smartfonning korpusi böyoği köça boşlagan. Bu haqda Reddit forumida birinçilardan bölib iPhone X’ni sotib olgan va undan bir haftaça foydalanganlardan biri ma'lum qilgan. U ilova qilgan suratda smartfon metall korpusining pastki qirrasida böyoq köça boşlaganini köriş mumkin. Bu esa, körinişiça, Apple korpusni böyaşda mablağ tejab, buning evaziga smartfonning işlab çiqarilişini arzonlaştirişga qaror qilganiga işoradir.

Şunga öxşaş holat iPhone 5 bilan sodir bölgandi. Biroq u smartfon hozirgi modeldan ança arzon turgan va böyoği yuqorida aytilgandek bir haftada emas, 2-3 oydan keyin köça boşlagan. Endi iPhone X egalari qurilmani ehtiyotkorlik bilan va ayab tutsalar-da, uning böyoği öçaveradiganga öxşaydi.  

Boşqaça aytganda, Apple foydalanuvçilariga pand berib qöydi. Savdolar oldidan kompaniya öz mahsuloti sifati birinçi örinda turişini ta'kidlangandi, biroq amalda buning aksi yuz bermoqda. 

Uşbu muammo hamma iPhone X’larda emas, bali ma'lum partiyaga tegişli qurilmalarda kuzatilişiga umid qilişgina qoladi. Biroq buning imkoni juda kam, çunki böyaş jarayoni avtomatlaştirilgan va bu muammo barça iPhone X’larda kuzatilişi ehtimoli katta.

Bundan ham avvalroq, oxirgi modeldagi smartfon bilan boğliq muammolar çiqqandi. Jumladan, smartfonning sensor ekrani sovuqda işlamay qolişi, karnayida şovqin eşitilişi, ekranning bir çetida butun ekran böylab ketuvçi yaşil çiziq çiqib qolişi, yuzni taniş tizimi işonçli işlamasligidan şikoyat qilingan. Aytiş joizki, sanab ötilgan muammolardan birinçi ikkitasini hal qilişga muvaffaq bölingan.