Yangi böyoq özi qoplangan sirtdan 95 foiz quyoş nurini qaytara oladi.
“Bunday böyoq u bilan böyalgan uyni sovitadi va şu tariqa uyni yozda sovitişga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Bunday uyda konditsionerni kamroq yoqişga töğri keladi”, deb ta'kidlaşmoqda olimlar.

Ularning aytişiça, bunday xossaga ega böyoqlar avval ham taqdim etilgan, biroq ular quyoş nurlarini kamroq darajada qaytargan.
Böyoq tarkibida nisbatan arzon va ultrabinafşa nurlarni kamroq yutuvçi kalsiy karbonatdan iborat töldirgiç va kalsiy karbonatning turli ölçamdagi zarralari bor. Bu zarralar quyoş nurini yaxşi qaytaradi va salqinlikni uzoq vaqt saqlaydi.
Olimlar yangi böyoqni ikki kun davomida oçiq havoda sinovdan ötkazişgan va u bilan qoplangan material atrof-muhit haroratidan 1,7 daraja sovuqroq bölganini aniqlaşgan. Tungi vaqtda esa uşbu material atrof-muhit haroratidan 10 daraja sovuqroq bölgan.

















