Özbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qömitasi qaroriga köra futbol böyiça Oliy liga musobaqasi kelasi mavsumdan boşlab «Özbekiston Superligasi» deb ataladi. Bu haqda ÖFF matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, şuningdek birinçi liga nomi ham özgartirilib u «Özbekiston PRO-ligasi» deb nomlanadi.
Özbekiston Superligasida jami 12ta jamoa iştirok etadi. Törtta davradan iborat musobaqada jami 38ta tur öyinlari bölib ötadi. 12ta jamoa 33ta tur ötkazgaç, 2ta guruhga bölinişadi. Ya'ni 1-6 örinlarni egallagan jamoalar çempionlik uçun, 7-12 örinni egallagan jamoalar esa Superligada qoliş uçun yana 5ta tur ötkazişadi.
38-turdan söng oçkolar böyiça 1-örinni egallagan jamoa çempionlikka erişadi. 12-örinni egallagan jamoa PRO-ligaga tuşib ketadi. 11-örinni egallagan jamoa esa PRO-ligada 2-örinni qölga kiritgan jamoa bilan ikkita pley-off uçraşuvini ötkazadi. Ğolib jamoa Superligada iştirok etiş huquqini qölga kiritadi.
Özbekiston PRO-ligasida 16ta jamoa iştirok etadi. Ikkita davradan iborat musobaqada jami 30ta uçraşuv bölib ötadi. 1-örinni egallagan jamoa Superliga yöllanmasini qölga kiritadi. 2-örin egasi esa Superliganing 11-örindagi jamoasi bilan 2ta pley-off uçraşuvini ötkazadi.

















