Forbes jurnalining 100 yilligiga bağişlab avtomobillar uçun ehtiyot qismlari işlab çiqariş böyiça eng yirik kompaniyalardan birining asosçisi pokistonlik Şohid Xon AQŞda ilk işlab topgan pullari haqida öziga xos esse yozdi.
“Amerikaga 16 yoşimda ilk bor kelganimda, milliardlar işlab topişga harakat qilmaganman. Men şunçaki yaşaş uçun kuraşardim. Men Pokistondan çöntagimda 500 dollar bilan kelgandim. Avtobus meni tunni ötkaziş uçun 8 dollar sarflanadigan joyga olib keldi. Men arzonroq joy bor yoki yöqligi bilan qiziqdim, hamda meni YMCA, Ösmirlar xristian assotsiatsiyasi bölimiga jönatib yuborişdi. Men juda kuçli böronda, aftidan, Illinoys tarixidagi eng kuçli böronda köça böylab yurib borardim. Hayotimda birinçi marta qorni kördim, oyoq kiyimim esa yirtilib bölgandi. YMCA’da bir tunni ötkaziş 2 dollar turardi, hamda men ovqatlanib bölganimdan söng, menda 3-4 dollarga kamroq pul qoldi. Pokiston uçun bu katta pullar edi.
Ertasi kuni ertalab menda yanada köproq pul işlab topiş imkoniyati paydo böldi. Idiş-tovoq yuvişning özi kifoya edi – buning uçun soatiga 1,2 dollar berişardi. Pokistonda deyarli heç kim bunday pullarni işlab topmasdi. Öşanda men Amerika – imkoniyatlar mamlakati ekanini, va men öz taqdirimni boşqarişim mumkinligini tuşundim. Kelganimdan bir kun ötib özim uçun Amerika orzumni oçdim”, - deya yozgan Xon.












