Suriya prezidenti Başar Asad Rossiya yetakçisi Vladimir Putinga surat sovğa qildi. Bu haqda RF rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
«Bu Asadning sovğasi. U Putinga surat hadya qildi», - deya aytib ötgan u.
Asad aynan qanday suratni sovğa qilgani noma'lumligiça qolmoqda.
Şuningdek Peskovning bildirişiça, Suriya prezidenti Başar Asad Vladimir Putin bilan uçraşuvi davomida mamlakatga qoçqinlar qayta boşlaganini aytgan.

«Asad qoçqinlarni qaytariş jarayoni boşlangani haqida gapirdi. Ya'ni öz uylarini jangovar harakatlar tufayli tark etgan turli millat, turli dindagi suriyaliklar ortga qayta boşlaşgan», - deya aytib ötdi u.
Şuningdek uning ta'kidlaşiça, uçraşuv davomida «siyosiy tartibga solişning ehtimoliy variantlari» körib çiqilgan.












