Jahonning eng maşhur kriptovalyutasi 20 noyabr kungi savdolarda 8,200 dollarlik eng yuqori qiymatdan ötib, özining eng yuqori narxiga doir rekordini yangiladi. Bitcoin şu bilan bu yil salkam 850 foizga ösdi. 

Aytiş joizki, noyabr oyi bitcoin uçun juda ham qaltis oylardan biri böldi. Şu oyning boşida virtual pul birligining qiymati 5,500 dollargaça tuşib ketdi. Bunga bitkoin işlab çiqaruvçilarning SegWit2X ni yangilaşni bekor qilişgani sabab böldi. Bu ayrim qazib oluvçilar va sarmoyadorlarni kriptovalyutalarini sotişga majbur qildi. 

Şunga qaramay, bitcoin Çikago tovar birjasi raqamli pullarning fyuçers savdolarini ötkazişni rejalaştirayotgani haqidagi xabarlarda söng qimmatlaşa boşladi.

Bitcoin bu yil boşida 1000 dollar qiymatida sotila boşlagan edi. Uning ösiş hajmi qariyb 850 foizni taşkil etmoqda. Uning bozor kapitallaşuvi 137 mlrd dollarga yetdi. Ayni vaqtda bitcoin Siemens, Mastercard, British American Tobacco yoki McDonald's kompaniyalariga nisbatan qimmatroqdir.