Xalqaro boks uyuşmasining prezidenti Çing-Kuo Vu 20 noyabrda AIBA prezidenti lavozimini köngilli tarzda tark etgaç, Xalqaro Olimpiya qömitasining ijroiya qömitasidagi lavozimini ham tark etdi. Bu qömita 5 dekabrda Rossiya terma jamoasining 2018 yilgi qişki Olimpiada iştirok etişi masalasini hal qiladi,   

Çing-Kuo örnini AIBA’da vaqtinçalik vitse-prezident Franko Falçinelli egallagan.

Çing-Kuo Vu 1988 yildan boşlab Xalqaro Olimpiya qömitasi a'zosi hisoblanadi. U 2013 yilda XOQ prezidenti lavozimiga saylovlarda iştirok etgan, biroq amaldagi prezident Tomas Baxga mağlub bölgan.

AIBA’ning muddatdan taşqari kongressi Dubayda 27 yanvarda bölib ötadi. Unda yangi rahbar uçun ovoz beriladi.

Iyul oxirida AIBA ijroiya qömitasining 13 a'zosi Çing-Kuo Vuga işonçsizlik bildirişgan. Çing-Kuo Vuga lavozimini öz xohişi bilan tark etiş taklif qilingan, biroq u rad javobini bergan.

10 oktabrda AIBA’ning intizom komissiyasi Çing-Kuo Vuni öz lavozimidan baribir çetlatgan.

Çing-Kuo AIBA prezidenti lavozimini 2006 yilda egallagan. 2014 yilda öz lavozimiga uçinçi marta qayta saylangan.