Eng oddiy Tesla Model 3’ga pul jamğara olmaganlar hozirça «Skeytbordlar olami Tesla’si» bölmiş skeytbordga e'tibor qaratib turişlari kerakmikan. Inboard Technology startapi asosçilari özlarining buyumini aynan şunday ataşmoqda. Atigi uç yil içida ular eng serhaşamat va zamoanviy skeytbord prototipini yaratibgina qolmasdan, Kickstarter’da özlarining ğoyasini amalga oşiriş uçun yarim million dollar ham töplaşga muvaffaq bölişdi deb yozadi hi-news.ru.

Bu pullar prototip yaratişgagina yetdi, xolos. Mablağlar tugab bölgaç, Inboard Technology asosçilari yana 8 million dollar investitsiya jalb qilişni uddalaşdi va bu pullar yigitlarga endi eng haşamatli va zör elektroskeytbord yaratişga yordam berişi aniq.

Olingan mablağlar M1 modelini işlab çiqişga yönaltirilgan, bunday skeytbordlarning bir donasi 1400 dollar turadi. Bunça pulga bu taxtakaç egasini 11 kilometrgaça bölgan yaqin masofalarga soatiga 35 km tezlikda elta oladi. 20 darajagaça bölgan nişabliklar taxtakaç uçun muammo bölmaydi, u egasini tepalikka qiynalmay olib çiqişi mumkin.

Bularning barçasiga ultrazamonaviy batareyalar, taxtakaçning suv ötkazmaydigan korpusi va doimo yangilanib turadigan dasturiy ta'minotni ham qöşing — aksariyat uç kilometr yöl bosiş uçun yöllardagi tirbandlikda turganida zamonaviy şahar muhitiga uzukka közdek yaraşadigan çinakam skeytbord paydo böladi. Bunday taxtakaç yölaklar va yöl çetidan, yoxud tirbandlikda töxtab maşinalar orasidan bemalol manzilga qiynalmay yetib oliş imkonini beradi.