Iroq oliy federal sudi 25 sentabrda Iroq Kurdistonida ötgan mustaqillik referendumini konstitutsiyaga zid deb topdi va uning natijalarini bekor qilişga qaror qildi.

Uşbu referendumni ötkaziş Iroq Kurdistoni rahbariyati tomondan bir tomonlama ravişda qabul qilingandi. Unga köra köpçilik ovoz bilan mustaqillik qöllab-quvvatlangandi.

Referendum natijalari xalqaro hamjamiyat, jumladan mintaqadagi davlatlar tomondan ham tan olinmagan.

Şundan keyin Turkiya Iroq Kurdistoniga nisbatan bir qator çeklovlar kiritgandi, Bağdod esa unga qarşi kuç operatsiyasi boşlagan. Bu operatsiya natijasida Kirkuk va boşqa bahsli hududlar Iroq markaziy hukumati nazoratiga ötgan.