Qirğiziston parlamenti qömitasi mamlakat boş vaziri tavsiyasiga köra, Tölqinbek Abdiğulovni boş vazir örinbosari lavozimiga tayinlaş masalasini körib çiqmoqda.
Ayni paytda boş vazir birinçi örinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan mulozim mamlakat yangi prezidenti qasamyod qilguniga qadar mansab darajasidan pasaytirilmoqda. Bu haqda Qirğiziston qonunçilik organi xabar bergan.
Ayni paytda hukumat tarkibidagi huquqni muhofaza etiş organlari işini muvofiqlaştiruvçi kompleks rahbari tayinlanmagan. Bungaça uşbu lavozimda uç oy işlagan Duyşanbek Zilaliyev ötgan hafta iste'foga çiqqandi.
Hukumat tarkibidagi eng yoş a'zo, boş vazir Saparbek Isoqov joriy yilning 7 sentabr kuni qasamyod qabul qilib, öz vazifasiga kirişgandi. Şundan buyon hukumat tarkibida katta özgariş bölmagan.
Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni amaldagi prezident Almazbek Atamboyevning vakolat muddati öz yakuniga yetib, 15 oktabr kuni ötkazilgan saylovda ğolib çiqqan Jeenbekov prezident etib saylandi.












