Pensilvaniya (AQŞ) universitetida ötkazilgan yangi tadqiqot natijalariga köra, qiş faslida tuğilgan çaqaloqlarda kelajakda insult poydo böliş xavfi yuqoriroq ekani aniqlangan. Gap şundaki, bunday çaqaloqlarda onalari homiladorligining birinçi trimestri yoz oylariga töğri keladi va bu faslda havoning ifloslaniş darajasi yuqori böladi.

Tadqiqotçilarning yana aniqlaşlariça, kuz faslida tuğilgan bolalar qandli diabetga kamroq çalinişar ekan. Bunga sabab esa homiladorlikning uçinçi trimestri yozga töğri kelişi, buning oqibatida homila öz immun tizimni mustahkamlaşga xizmat qiluvçi D vitaminini köproq olişidir, deb yozadi The Daily Mail.

Mutaxassislar AQŞ, Janubiy Koreya va Tayvanda istiqomat qiluvçi 10,5 million kişini tahlildan ötkazişgan.

Tadqiqotning körsatişiça, dekabrdan martga qadar tuğilgan çaqaloqlar aritmiyaga moyilroq bölişgan. Bu esa insult rivojlanişi xavfini sezilarli darajada oşiradi. Kuzda tuğilganlarda esa 2-turdagi diabet bilan oğriş xavfi pastroq bölar ekan.