Makaodagi avtopoygada katta avariya sodir böldi. Uşbu holat videoda qayd qilindi.
Gran-pridagi töqnaşuv trassaning eng tor joylaridan birida yuz bergan. Ilk uçta maşina bu joydan muammosiz öta olgan, biroq törtinçi bölib ketayotgan Daniel Xunkadelya yöl çetidagi tösiqqa urilgan. 5-maşina uning oldidan ötib ketişga muvaffaq bölgan, biroq ortdan kelayotgan boşqa maşinalar birin-ketin bir-biriga urila boşlagan.
Trassani maşinalardan yuk kötariş krani bilan tozalaşga töğri kelgan. Taxminan bir soatdan keyin 20 tadan 8 ta maşinagina poygani davom ettira olgan.
Xunkadelyaga urilgan poygaçi Lourens Vantorning aytişiça, u buriliş ortidagi maşinani sezmay qolgan. “Men dastlab uni körmadim. Söngra maşina harakatlanmayotganini kördim. Men maşinamni töxtatmoqçi böldim, biroq u töxtamadi. Şu sababli men heç narsa qilolmadim” deb aytgan poygaçi.
Öz navbatida voqea vaqtida beşinçi bölib harakatlangan va yölda turgan maşinani çetlab öta olgan poygaçi Rafaele Marçelloning aytişiça, bu vaziyatda uning omadi çopdi. “Tirik qolganim özi baxtdir. Bu öziga xos va vahimaga soluvçi trassadir”, deb aytgan poygaçi.











