Knight Frank kompaniyasi ma'lumotlariga köra, Monakoda yaşovçi millionerlar soni yaqin ön yillikda 20 foizga yoki 2,7 ming kişiga oşadi. Hozirning özidayoq uşbu knyazlikda millionerlar aholining 20 foizini taşkil qilmoqda. Aholi ösişi Monakoda yangi köçmas mulkni qurişga joy yöqligiga olib kelmoqda. Şu sababli knyazlik hukumati sohilböyi hududlarini quritiş işlarini olib bormoqda, bu esa uning maydonini yana 6 gektarga oşirişi kerak.   

Köçmas-mulk sohasida xizmatlar körsatuvçi Knight Frank prognoziga köra, Monakoda yaşovçi millionerlar soni jadal köpaymoqda. 2016 yilda ular 13,4 ming kişini taşkil qilgan bölsa, 2026 yilgaça 16,1 ming kişini taşkil qilişi prognoz qilinmoqda. Ulardan 1,45 ming nafari 30 mln dollardan köproq boylikka ega bölganlarni taşkil qiladi. 

Monako statistika boşqarmasi ma'lumotlariga köra, 2016 yilda mamlakatda birorta yangi uy qurilmagan. Monakoning umumiy maydoni 2 kvadrat kilometrni, aholisi esa 37,8 ming kişini taşkil qiladi.

Kompaniya ma'lumotlariga köra, Monakodagi köçmas mulk dunyodagi eng qimmatbahosi hisoblanadi. Joriy yilning 2-çoragida bu yerda 1 kvadrat metr turar joy 53 ming yevroni taşkil qilgan, ba'zi nufuzli mavzelarda esa 100 ming yevrogaça borgan. Monako hukumati sohilböyi hududlarini quritiş bilan faol şuğullanadi. Şu yöl bilan 1970-yillarda Fonvey mavzesi vujudga kelgan. Hozirda yana bir hudud taşkil qilinmoqda, bu yerda Le-Porte tumani paydo böladi. Bu loyihaning qiymati 2 mlrd dollarni taşkil qiladi. Bu hududdda 120 ta uy quriş möljallangan. Ulardagi 1 kvadrat metr joy 100 ming dollardan oşişi aytilmoqda.

Kompaniya xodimi Edvard de Malle Morganning aytişiça, Monakoda izlagan uylarini topolmagan xaridorlardan ba'zilari ijaraga uy olib, köngillaridek uy çiqişini kutadilar. Qolganlar esa Monakoda kiçikroq uy va qöşimçasiga qöşni Fransiyadan kattaroq uy va yaxta sotib oladilar.