Özbekiston Respublikasi prezidentining “Hunarmandçilikni yanada rivojlantiriş va hunarmandlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni e'lon qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar respublikada milliy hunarmandçilik, xalq badiiy va amaliy san'atini yanada rivojlantirişning asosiy yönalişlari etib belgilandi: 

birinçidan, hunarmandçilik faoliyati bilan şuğullanayotgan fuqarolar va oilalar, ayniqsa, yangitdan öz faoliyatini boşlagan hunarmandlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, «Usta-şogird» maktablari faoliyatini takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş, va şu asosda yangi iş örinlari taşkil etiş; 

ikkinçidan, hunarmandçilik sub'yektlariga davlat röyxatidan ötişda kömaklaşiş, ularga yer maydonlari va binolar ajratiş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş, ularni asbob-uskunalar, jihozlar, xomaşyo va materiallar bilan uzluksiz ta'minlaş, ularga imtiyozli kreditlar beriş böyiça samarali çora-tadbirlarni amalga oşiriş; 

uçinçidan, xalq hunarmandçiligi va ijodiy an'analari keng rivojlangan şahar va tumanlarda hunarmandçilikni rivojlantiriş markazlari taşkil etiş, hunarmandçilikning noyob turlarini qayta tiklaş va yanada rivojlantiriş, iste'molçilarga hunarmandçilik mahsulotlari yetkazib beriş uçun bozor infratuzilmasini şakllantiriş; 

törtinçidan, hunarmandçilik mahsulotlarini eksport qilişni rağbatlantiriş, xorijiy mamlakatlarda ötkaziladigan körgazma va yarmarkalarda milliy hunarmandçilik mahsulotlarini taqdimot qilişga kömaklaşiş. 

Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va «Hunarmand» uyuşmasining quyidagi takliflari qabul qilindi: 

“Hunarmand” uyuşmasini Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga uyuşgan a'zo sifatida a'zolik badali tölovisiz kiritiş; 

“Hunarmand” uyuşmasi raisini mavqei böyiça Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosariga, “Hunarmand” uyuşmasining hududiy boşqarma boşliğini Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boşqarma boşliği örinbosariga tenglaştiriş;

Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi tuman va şahar Tadbirkorlarga kömaklaşiş markazlari tomonidan hunarmandlarga öz tadbirkorlik faoliyatini taşkil etiş va rivojlantirişga kömaklaşişi böyiça sözsiz ravişda xizmatlar körsatiş, jumladan öz biznesini taşkil etiş va rivojlantiriş könikmalariga örgatiş, hunarmandçilik sub'yektlari huquqlarini himoya qiliş, yangitdan öz faoliyatini boşlayotgan hunarmandçilik sub'yektlariga körgazmalar taşkil etişni nazarda tutiş.