Aniqlanişiça, şakar yaralari tez bitmayotgan insonlar, masalan, qandli diabet bilan oğriganlar va qariya insonlarga yordam bera oladi. U angiogenez — yangi qontomirlarning paydo bölişiga rağbat uyğotar ekan. The Deccan Chronicle naşrining yozişiça, Buyuk Britaniya va Pokiston tadqiqotçi olimlari şunday xulosaga kelişgan.

Tadqiqotçilar gidrogelli boğlamaga şakar qöşişgan. Bu yaralarning bitişida boş rol öynovçi yangi qon tomirlarning paydo bölişini tezlaştirgan. Mutaxassislarning sözlariga köra, yaralarning bitişini oddiy şakar tezlaştiradi. Yangi usul jönligi va arzonligi bilan mavjudlaridan ustun.

Darvoqe, Kembrij universiteti tadqiqotçilari ilgariroq siçqonlar ustida teri töqimalariga oid ustida tajribalar ötkazişgan. Mutaxassislarning aniqlaşiça, kunduz kuni paydo bölgan yaralar tungisiga nisbatan ikki barobar tezroq bitar ekan.