Yevropa Ittifoqi kengaşi Şengen hududining taşqi çegaralarida nazoratni kuçaytirişga qaror qildi. Yangi qoidalar Şengen hududiga kiruvçi yoki uni tark etuvçi, Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari hisoblanmaydiganlar haqidagi ma'lumotning maxsus bazaga kiritilişini közda tutadi. Bu bazaga faqatgina huquq-tartibot idoralari va Yevropa Ittifoqining barça davlatlari çegara organlari kira oladi.  

Bu bazaga şengen vizasini beriş yoki çegarani kesib ötiş rad etilgan şaxslar haqidagi ma'lumotlar ham kiritiladi. 

Bundan taşqari, kelgusida Şengen hududiga vizasiz kiriş ruxsat berilgan davlatlar fuqarolari kiriş oldidan avtorizatsiya uçun zarur bölgan onlayn-anketani oldindan töldirişlari kerak böladi. 

Yevropa Ittifoqi kengaşi xabarida yangi “Kiriş-çiqiş” tizimi çegaradan ötişda tekşiruvlar muddatini qisqartirişga va Şengen hududida ruxsat berilgandan köproq bölgan şaxslarni aniqlaşga yordam beradi. Huquq-tartibot idoralarida fuqarolarning harakatlanişi haqidagi ma'lumotlar bölişi terrorçilikka qarşi kuraşni faollaştirişga va Yevropadagi xavfsizlikni mustahkamlaşga imkon beradi. 

“Taşqi çegaralardagi qat'iy nazorat Şengen hududining samarali işlaşi uçun muhim. “Kiriş-çiqiş” tizimi taşqi çegaralardagi nazoratni yaxşilaşga yordam beradi”, deb aytgan Estoniya içki işlar vaziri Andres Anvelt.

Yangi tizim 2020 yildan işlay boşlaşi mumkin.