Özbekistonlik Muhammaddiyor Islomov ayni paytda International Travel Network (Xalqaro sayyohlik tarmoqlari) kompaniyasining Filippin davlatidagi filialida iş boşqaruvçi lavozimida mehnat qilmoqda. Kompaniya tarixidagi eng yoş rahbar bu davrgaça Latviya poytaxti Riga şahrida faoliyat yuritgan. Uning muvaffaqiyat siri hamda boşdan keçirgan tajribasini örganiş maqsadida Kun.uz muxbiri Muhammaddiyor bilan suhbatlaşişga qaror qildi.

«Barça qatori maktab va litseyni tamomlagaç, xorijda öqiş istagi menda kuçlilik qildi. Şunday qilib, oddiy oiladan çiqqan öspirin katta orzular bilan 2011 yil Riga davlat texnika universitetiga öz hujjatlarini topşirdi», deb söz boşlaydi u.

Muhammaddiyorning aytişiça, Universitet imtihonidan muvaffaqiyatli ötişi bilan barçasi «silliq» keçmagan.

«Rigada hayotimning eng qimmatli 5 yilini ötkazdim va şahar haqida benihoya fikrlarni bildirişim mumkin. Avvalo, bu şahar köhna va tarixiy binolarga töla, sayyohlarni öziga ohangrabodek tortib turuvçi poytaxt sanaladi. Garçi Latviyada yaşaş qiymati Yevropaning boşqa davlatlarinikidan arzon bölsa-da, özbekistonlik talaba uçun bu katta imtiyoz bera olmaydi. Bu zaruriyat bir vaqtning özida tahsil olib, şu bilan birga işlab, pul topişga majbur qildi. Men AQŞning Latviyadagi International Travel Network kompaniyasida işga joylaşdim», deydi suhbatdoş.

Muhammaddiyor kompaniya filialining Xaridlar bölimida sotuvçi agent sifatida 4 yil işlab, şu davrda universitetdagi öqişini ham davom ettirgan.

«Quvonarlisi, bedor keçalar, tinimsiz mehnat besamar ketmadi: RTU'da tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar ketma-ket ikki yil xalqaro tadbirlar musobaqasida ğolib böldi. Musofirçilikda tahsil oliş, buning ustiga işlaş - kimgadir begona tuşunça emas, ammo yoş yigitning oila a'zolari va vatanidan uzoqda bölişi söz bilan ta'riflab bölmas, qiyinçiliklarni boşdan keçirişini anglatadi», deya öz xotiralarini eslab ötdi u.

Endigina 24 yoşni qarşilagan Muhammaddiyor hayotdagi şaxsiy muvaffaqiyat siri haqida söz oçib, «​barçasi e'tiqod va halol mehnatda»​ mujassamlaşganini aytadi. 

«​Bilasizmi, kişilar köp mehnat qilişi bilan katta natijadan umidvor böladi. Aslida, uning bilimi, ayniqsa qilayotgan işiga nisbatan va atrofdagi hodisalarga e'tiqodi uning kelajakda kim bölişini belgilab berişini his qilişimiz zarur. Qolaversa, halol mehnatda gap köp, xalqimiz «​rozi-rizolik bilan»​ deyişi​ - professional kasbda köp asqotdi», deydi u. ​