Volkswagen avtomobilsozlik kompaniyasi kuzatuv kengaşi yaqin beş yil davomida yangi texnologiyalarga 40 mlrd dollar sarmoya qiliş qarorini qabul qildi. Kompaniya şu tariqa elektromobillar sohasida dunyo yetakçisiga aylaniş uçun Tesla’dan ötib ketiş haqida jiddiy öylamoqda.

“Biz avtomobilni boşqatdan ixtiro qilmoqdamiz”, deb aytgan VW direktori Mattias Myuller. 2018-2022 yillardagi asosiy xarajatlar elektr, gibrid modellar va robomobillarga töğri keladi. Taklif qilinayotgan pullar kompaniyaning sentabrdagi rejalaridan ikki marta köproqni taşkil qiladi. Öşanda kompaniya 2030 yilgaça 20 mlrd dollar sarmoya qilişini ma'lum qilgan.  Reuters axborot agentligining ma'lum qilişiça, VW qöşimça mablağlarni tejamkorlik dasturi hamda qöşimça avtomobillar sotiş orqali olmoqçi.

Kompaniya boşqa işlab çiqaruvçilar kabi sof va toza transport vositalariga e'tiborini kuçaytirmoqda. Dizelda harakatlanuvçi avtomobillarda atrof-muhitga çiqindilar çiqişi tizimini soxtalaştirgan VW uçun bu obro‘ masalasi hamdir. 

Tarkibiga 12 ta brend kiruvçi VW guruhi öz maşinalar parkini, ya'ni 300 taga yaqin modelini 2030 yilgaça elektrlaştirişni rejalaştirayotganini e'lon qilgandi. 17 noyabrda kompaniyaning kuzatuv kengaşi 70 mlrd dollarlik umumiy 5 yillik xarajatlar rejasini imzoladi. Bu 2014 yilda e'lon qilingan, 2015-2019 yillar uçun möljallangan investitsiyalardan biroz kamroqni taşkil qiladi. Öşanda kompaniya 86 mlrd dollar sarflaşga va'da bergan. Bu asosan “dizelgeyt” mojarosi bilan boğliq bölgandi: mojaro kompaniyaga jarima, kompensatsiyalar va maşinalarni çaqirtirib oliş körinişida 25 mlrd dollarga tuşgan.