Amerikalik aktyor Mark Ruffalo professional könikmalari böyiça tan olinib bölingan. U öz faoliyatini 90-yillarda boşlab, ötgan çorak asr davomida uç marta «Oskar»ga («Bolalarda hammasi joyida», «Tulkilar ovçisi», «Diqqat markazida» filmlari uçun), ikki marotaba – «Oltin globus»ga da'vogarlik qildi, bitta «Emmi»ni («Oddiy yurak» telefilmi prodyuseri sifatida) hamda köplab boşqa nufuzli mukofotlarni qölga kiritdi. Hammasi bölib uning hisobida oltmişdan ortiq kartina bor bölib, eng maşhur roli esa – Marvel Comics naşriyoti komikslari asosida olingan filmlardagi Halk (va doktor Bryus Benner) obrazidir. Biroq 2008 yilgi «Favqulodda Halk» filmida bu rolni Edvard Norton ijro etgan bölib, keyinçalik u studiya bilan mojaroga borgan. Ruffalo esa juda katta byujyetga ega bölgan kinokomikslarni rad etmaydi, yaqinda esa u «Tor: Ragnaryok» kartinasida paydo böldi. Kelasi yili esa yangi «Qasoskorlar»da suratga tuşadi. 22 noyabr kuni Mark Ruffalo 50 yoşga töldi.
























