«Şanghay SIPG» Xitoy superligasining 17 turi doirasidagi uçraşuvda mehmonda musobaqa jadvalida sönggi örinni egallab turgan «Yanbyan Fuda» jamoasini 3:1 hisobida mağlub etdi.

Uçraşuvning sakkizinçi daqiqasida Elkeson hisobni oçgan bölsa, 84-daqiqada U Ley ikkinçi töpni kiritdi. Mezbonlar bir neça daqiqa ötib bitta töp kiritişdi, biroq, qöşib berilgan daqiqalarda Halk yakuniy natijani örnatdi – 3:1.

Andre Villaş-Boaş jamoasi musobaqa jadvalida birinçi öringa çiqib oldi «Guançjou Evergrand»ni hozirça ikki oçkoga ortda qoldirmoqda.

Ta'kidlab ötiş joizki, «Şanghay SIPG»ning «Yanbyan Fuda» klubiga qarşi uçraşuvida özbekistonlik futbolçi Odil Ahmedov töliq 90 daqiqa harakat qildi.