Xitoy futbol federatsiyasi «Şanghay SIPG» jamoasi murabbiyi Andre Villaş-Boaş va jamoa hujumçisi Halkni jamoaning boşqa bir futbolçisi, Xitoy çempionatining tur öyinidagi nojöya harakatlari uçun 8ta öyinga diskvalifikatsiya qilingan Oskarni qöllab-quvvatlaganlik uçun jazoladi.
Halk oxirgi tur öyinida Oskarni himoya qilişi aks etgan yozuvlar tuşirilgan futbolkani namoyiş qilgani tufayli futbol federatsiyasiga çaqirilgan.
«Xenan Jiane»ga qarşi 4:1 hisobidagi ğalaba bilan yakuniga yetgan öyinda Halk golini nişonlaşda Oskarni eslab ötgan, 8 ta öyinga çetlatilgan vatandoşi uçun «Heç nima qilma, heç nima gapirma» sözlarini köz-köz qilgandi. Murabbiy ham ijtimoiy tarmoqda şunday yozuvlarni qoldirgandi. Aynan şu holat Xitoy futbol federatsiyasining e'tiroziga sabab bölgan.

Endilikda Halk va Villaş-Boaş 2 öyinga diskvalifikatsiya qilindi, ularga 7 ming dollar miqdorida jarima yozildi.
















