Yaqinda savdosi boşlangan iPhone X smartfonlarini işlab çiqariş talabni quvib yetmoqda. Buyurtma qilingan mahsulotni yetkazib beriş muddatining 3−4 haftadan 2−3 haftagaça qisqargani şunday deyişga asos böladi, deydi Rosenblatt Securities tahlilçisi Jun Çjan. Uning sözlariga köra, Apple işlab çiqişni muvaffaqiyatli tarzda kuçaytirmoqda.

Xaridorlarni biroz uzoqlaştirayotgan jihati smartfonning yuqori narxdaligidir. U 999 dollar turadi. Tahlilçining aytişiça, Apple iPhone X smartfoni narxini pasaytirişi mumkin. Buning uçun kelasi yili OLED disply örniga LCD-ekranli telefon taklif etiladi va u iPhone 8S deb nomlanişi ehtimol. Bundan taşqari, ayrim xaridorlar iPhone 8 telefoniga e'tibor bermayapti. Ular aksinça, undan arzonroq 7-modelni ma'qul körişmoqda. 

Dastlabki hisob-kitoblarning körsatişiça, örta toifadagi xaridorlar iPhone 7 smartfonini tanlamoqda. Birmunça boyroq aholi qatlami esa, iPhone X telefonini ma'qul körmoqda. Rosenblatt Securities ma'lumotlariga qaraganda, şu vaqtgaça dunyo böylab 7−8 mln dona iPhone X sotilgan. Apple dekabr oyiga kelib, flagman telefonini işlab çiqariş hajmini 25 mlndan 26−27 mln donagaça yetkazadi.