12 yillik ta'limdan 11 yillik ta'limga ötiş haqidagi Qaror köpçilik tomonidan katta quvonç bilan kutib olingan bölsa-da, ammo endilikda yuqori sinf öquvçilaridan 3 yillik ma'lumotni 2 yilda özlaştiriş kutilmoqda. Uning ustiga, 2018 yilda 810 mingga yetişi kutilayotgan abituriyentlar soni, 2019 yilda 1 milliondan oşişiga şubha yöq. Şu sababli, abituriyentlarimizdan yanada köproq mehnat va tirişqoqlik talab etiladi.

Raqobat öta kuçaygan vaqtda, vaziyatga boşqaça nazar taşlab, muammoni noodatiy uslublar orqali yeçiş eng töğri yöl hisoblanadi. Ana şunday noodatiy uslublardan biri, öqiş jarayoniga axborot texnologiyalarini kiritiş. Abituriyentlarimiz uçun onlayn darslar orqali tayyorlaniş va ulardan unumli foydalanişni misol qilişimiz mumkin.

Foto: PREP.UZ

Bunday texnologiyaning yutuqlaridan biri, öquvçilar avval ötilgan yoki endi ötilişi kutilayotgan mavzularni oldindan özlaştirib borişlari mumkin. Onlayn darslar yuqori tajribali öqituvçilar tomonidan tayyorlanadi. Sababi esa oddiy. Darslar minglab, hatto millionlab tinglovçilar uçun tayyorlanadi. Öquvçilarning barçasiga birdek tuşunarli va foydali bölişi uçun bu iş öqituvçidan yuqori saviyadagi bilim va metodikani talab qiladi. Onlayn öqişning yana bir katta yutuqlaridan biri – onlayn kurslar juda arzon. Bundan taşqari, mavzuni tuşuniş qiyinçilik tuğdirgan vaqtda, videoni istalgan qismidan takror va takror körib tuşunib oliş mumkin. Istalgan joydan, istalgan vaqtda kurslarni oçib köriş ham mumkin. Bu esa darslarni uydan örganib boriş imkoniyatini ham yaratadi.

Ta'limga ixtisoslaşgan eng obröli naşriyotlardan biri McGraw-Hill tadqiqotlari şuni körsatadiki, onlayn darslarni kundalik öquv jarayoniga kiritgan 84 foiz öquvçi onlayn darslar mavzularni özlaştirişga katta yordam bergani ta'kidlagan bölsa, 81 foiz öquvçi onlayn darslar ularga öqişdagi natijalarini yanada yaxşilaşga xizmat qilganini aytib ötgan.