2017 yilning 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje In taklifiga köra Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat taşrifi bölib ötmoqda. 

Ikki mamlakat örtasida bir qator sohalarda barqaror hamkorlik uzoq yillardan buyon davom etib kelmoqda. Quyida siyosat sohasida davlatlar örtasidagi munosabatlar haqida umumiy ma'lumotlarni havola etamiz.

Koreya Respublikasi davlatimiz mustaqilligini 1991 yil 30 dekabr kuni tan olgan. Davlatlar örtasidagi diplomatik aloqalar 1992 yil 29 yanvardan boşlangan. Bu vaqt mobaynida ikki davlat rahbarlari iştirokida 14 ta sammit ötkazildi. 

2006 yilda Özbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Strategik hamkorlik töğrisidagi özaro deklaratsiyani imzoladilar. Bu voqea siyosiy, savdo, iqtisodiy, investitsiya va madaniyat sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqdi.

Mamlakatlar parlamentlararo aloqalar yönalişidagi özaro hamkorlikni ham jadal rivojlantirişmoqda. Jumladan, 1995 yilda Koreya Respublikasining Milliy Assambleyasida “Koreya – Özbekiston” parlamentning döstlik uyuşmasi taşkil etilgan. 2005 yildan boşlab Oliy Majlisning Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik böyiça parlamentlararo guruhi faoliyat yuritmoqda. 2012 yil yanvar oyida ikki davlat örtasidagi diplomatik aloqalarning 20 yilligi munosabati bilan Koreya Respublikasining Milliy Assambleyasi spikeri Pak Xi Te Özbekistonga taşrif buyurdi.

Ikki mamlakat örtasida hukumatlar darajasidagi delegatsiyalarning özaro taşriflari kengayib bormoqda. Muntazam ravişda taşqi işlar vazirlari örinbosarlari darajasida siyosiy maslahatlaşuvlar, xalqaro taşkilotlar doirasida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilmoqda.

Taşrif boşlangunga qadar, hamkorlikning huquqiy asosi Özbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi örtasida imzolangan turli sohalardagi 149 ta ikki tomonlama hujjatlardan iborat bölgan (xöjalik yurituvçi sub'yektlar örtasidagi hujjatlarni hisobga olmagan holda).