TIME jurnali har yili yilning eng yaxşi ixtirolari röyxatini e'lon qiladi. Bu yil ham istisno bölmadi. Quyida joriy yildagi eng e'tiborga molik ixtirolar önligini e'tiboringizga havola etamiz.
1. Muloqot qila oladigan robot

Narxi — 899 dollar
Amazon Echo va Google Home kabi ovozli yordamçilar bilan jihozlangan aqlli karnaylardan farqli ölaroq, Jibo tirik mavjudotga öxşaydi. Uning dizayni Pixar studiyasi personajlarini esga soladi: his-hayajonlar katta yumaloq yuzda animatsiyalaşgan belgilar yordamida ifodalanadi. Jibo kula oladi, raqsga tuşadi, çaqirilganda egasi tomon buriladi. Bu yordamçi hali ança takomillaştirilişi kerak: u egasiga yangiliklar lentasini taqdim etib, suratga tuşira oladi, biroq musiqa ijro etolmaydi. Uber kabi taşqi ilovalarni işga tuşirolmaydi. Nima bölganda ham, bu mö'jaz robot inson qiyofasidagi yangi robotlar içra birinçi qaldirğoç hisoblanadi.
2. eSight

Narxi — 9995 dollar
Köz nuridan ajralgan millionlab insonlar köçada yuriş uçun hassa yoki yetaklovçi itlardan foydalanişadi. Uşbu yangi aqlli közoynak ularga yordam beradi. eSight yuqori tiniqlikda video yozadi va uning kontrastligini oşirib, qayta işlaydi. Natijada juda yomon köradigan insonlar ham yoruğ olamni körişi mumkin. Bu ularga, masalan, sport bilan şuğullaniş imkonini beradi. Keng omma xarid qilişi uçun hozirça qurilmaning bahosi juda yuqori, lekin undan foydalanilayotgan xaridorlar soni 1000 dan oşgan.
3. Thyssenkrupp
























