Sobiq Yugoslaviya böyiça xalqaro tribunal bosniyalik serblar armiyasining sobiq qömondoni Ratko Mladiçni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Mladiç genotsid va harbiy jinoyatlar sodir etişda aybdor deb topildi.
Serb Respublikasi armiyasining sobiq qömondoni Mladiçga 1995 yilda Srebrenitsada 8 ming musulmonning ommaviy qatl etilişini taşkillaştiriş aybi qöyilgan. Bundan taşqari, sud Sarayevoning 43 oy davomida qamal qilinişi bilan boğliq holda Mladiçni insoniyatga qarşi jinoyatlarni sodir etiş va uruş olib borişning qoidalari va an'analariga rioya qilmaslikda aybdor deb topdi. Sarayevoning qamal qilinişi vaqtida öqqa tutişlardan 11 ming tinç aholi halok bölgandi.
Umumiy holda Mladiçga 11 ta band böyiça ayblov qöyildi. Barça jinoyatlar sobiq Yugoslaviyada fuqarolik uruşi borgan 1992-1996 yillarga taalluqlidir.
Mladiç ayblovning birorta bandi böyiça aybini tan olmadi. Mladiç advokatlarining ta'kidlaşiça, serb qöşinlari va ularga ittifoqdoş harbiy tuzilmalar tomondan qotilliklar va etnik tozalaşlar sodir etilişi uçun Mladiçning javobgarligi “heç qaçon aniq isbotlanmagan”. Ularning fikriça, Mladiçga maksimal 15 yillik qamoq jazosi belgilanişi kerak. Mladiç hukm ustidan şikoyat qilmoqçi.
Mladiç 2011 yilda Serbiya şimolidagi Lazarevo qişloğida qölga olingan. Bungaça u 16 yil xalqaro qidiruvda bölgan. Mladiç qölga olinişidan avval ikki oy kuzatuvda bölgan. U qölga olinganda Milorad Komadiç psevdonimini qöllagan va taşqi körinişini heç ham özgartirişga urinmagan.
Mladiç qölga olingan kunining ertasigayoq Gaagaga ekstraditsiya qilingan. Uning işi böyiça sud jarayoni 2012 yil mayida boşlangan.

Mladiçga qöyilayotgan asosiy jinoyat Srebrenitsada sodir etilgan xunrezlik hisoblanadi. Bu şahar aholisining aksariyat qismini musulmonlar taşkil etgan. Mladiç boşçiligidagi qöşinlar şaharni qamalda uşlab turgan. Şahardagi tinç aholini evakuatsiya qiliş uçun odamlarni ikki kolonnaga bölib olib çiqişga qaror qilingan: ayollar va bolalar hamda 10 yoşdan 65 yoşgaça bölgan erkaklar. Erkaklar kolonnasi şahardan çiqişi bilanoq serb qöşinlari tomondan hujumga uçragan. Buning oqibatida 8 ming kişi halok bölgan.
Mladiç bilan birga insoniyatga qarşi jinoyatlarni sodir etişda bosniyalik serblarning sobiq yetakçisi Radovan Karajiç ham ayblangandi. 2016 yil martida u xalqaro tribunal qarori bilan 40 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan.











