Motor moyi - dvigatelning kuçini, soatdek işlaşini ta'minlaydigan narsadir. Sifatsiz suyuqlikni xarid qiliş bilan transport vositasining işlaşiga zarar keltiriş mumkin. Şu sababli ham qalbaki motor moyini asl moydan farqlaş maqsadga muvofiq. Asl motor moyini qanday aniqlaş borasida Facebook ijtimoiy tarmoğidagi GM Uzbekistan sahifasida ajoyib tavsiyani joylaştirgan.
“Yuqori narx va taniqli brend motor moyining aslligini kafolatlay olmaydi. Köpinça aynan "ommabop" mahsulotlarni qalbakilaştiriş birmunça oson. Keling, qalbaki mahsulotni haqiqiysidan farqlaşni örganamiz.

KUN.UZ tarjimasi
Germetik qopqoqli idişga (kanistr) e'tibor bering. U silliq, dağalliksiz, tekis çokli bölişi kerak. Plastik şaffof bölmasligi lozim. Haqiqiy kanistrdagi motor moyining darajasini faqat ölçov çizğiçi bilan aniqlaş mumkin.
Yorliqni unutmang. Agar unda qavariqlar, qiyşiqlik, töğri yopişmagan va kanistrdan tuşib qolayotgan bölsa - u soxta. Orfografik xatoliklar ham şu jumladan.
Qopqoqni tekşiring. U mahkam buralgan bölişi kerak. Işlab çiqaruvçi qopqoqqa öymakor belgi yoki gologramma qöygan bölsa uni qalbakilaştiriş qiyin. Bunday belgilar asl motor moyini ajratib olişga yordam beradi.
Işlab çiqariş sanasi ham muhim ahamiyatga ega. Sana, aniq vaqt, hatto soniyalar ham tiniq aks etgan va yaxşi körinib turişi lozim. Partiyada bir soniyada 2 ta kanistr çiqarilişi mumkin emas. Bu motor moyining qalbakiligini bildirib turadi.
Motor moyining sifatini dökonda aniqlaş muşkul. Xarid jarayonida uning qadoğiga e'tibor beriş lozim.
Agar motor moyi sotib olgan bölsangiz, uning rangi va qayişqoqligiga diqqat qiling. U qahrabo rangda, bir xil va quruq tarkibiy qismga ega aralaşmasiz bölişi şart.
Yaşirin işlab çiqaruvçilar juda omilkor bölişadi. E'tiborlilik - ularga qarşi kuraşda asosiy qurolingizga aylansin”, deya haydovçilarga öz tavsiyalarini beradi GM Uzbekistan.












