Özbekiston Futbol Federatsiyasi Özbekiston milliy terma jamoasiga boş murabbiy jalb etiş böyiça bir neça xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda, deb yozmoqda ÖFF rasmiy sayti.

Manba bergan xabarga köra, ular qatorida murabbiylik faoliyati davomida Rossiya, Polşa, Xitoy va BAA çempionatlarida faoliyat olib borgan 49 yoşli ruminiyalik Dan Petresku nomi birinçi örinda.

Foto: Rossiyskaya gazeta

Fransiya, Serbiya, Ukraina, Rossiya çempionatida harakat qiluvçi köplab klublarda işlagan 64 yoşli serbiyalik Slavolyub Muslin kabi mutaxassis ham terma jamoa boş murabbiyligi uçun asosiy nomzodlardan biri.

Foto: Eurosport

Şuningdek, Toşkentning «Paxtakor» hamda Moskvaning «Dinamo» kabi klublaridagi faoliyati orqali özbek futbol muxlislariga yaxşi taniş bölgan 50 yoşli çernogoriyalik mutaxassis Miodrag Raduloviç ham nomzodlar qatorida.

Foto: Persian League

Federatsiya yana quyidagi murabbiylar terma jamoa murabbiyligi uçun nomzod sifatida körib çiqmoqda va ular bilan muzokaralar ötkazmoqda.

Anjyelio Alessio – Italiya, 52 yoş. «Napoli», «Yuventus», «Çelsi» klublari va Italiya terma jamoasida yordamçi murabbiy sifatida işlagan.

Foto: Sport-Ekspress

Bernd Ştork – Germaniya, 54 yoş. «Ştutgart», «Volfsburg», «Borussiya» Dortmund klublari, şuningdek, Qozoğiston, Vengriya terma jamoalarini boşqargan.