Hayotda hamma yaxşi yaşaşga intiladi. Mehnatga yaraşa köp maoş oliş köpçilikning orzusi. Biroq ba'zi davlatlarda ayni körinişdagi mehnat turliça baholanadi. Quyida oilasiz va qaramoğida biror kişi bölmagan işçi dunyoning qaysi davlatlarida yuqori maoş olişi böyiça Top-10 mamlakat röyxati keltirilgan. Albatta, raqamlar soliq hamda boşqa ötkazmalar ayirib taşlanganidan sönggi qiymatni aks ettiradi. Demak, 2016 yilda eng yuqori maoş tölagan mamlakatlar önligi bilan tanişing.

Foto: Getty Images

AQŞ – 41,355 

Amerika mahsulotlarni import-eksport qilişda dunyoda birinçi va ikkinçi örinda turadi. Şunga muvofiq, soliq ham öziga yaraşa - 31.6 foizni taşkil etadi. Şu bilan birga, amerikaliklar röyxatga kiritilgan aksar mamlakatlardan farqli ravişda soğliq suğurtasiga ega bölişmaydi. Soliqlar (keyingi örinlarda ham) ayirib taşlanganidan söng, yillik eng kam daromad 41,355 dollarni taşkil etadi.

Lyuksemburg – 38,951

Lyuksemburg kimyo sanoati, rezina, sanoat maşinasozligi, pölat va moliyaviy xizmatlar eksporti böyiça yuqori örinlarni egallaydi. 37.7 foizlik soliqlar tölanganidan keyin knyazlik fuqarolari 38,951 dollarga ega bölişadi. Bunda ular soliq hisobidan umumiy soğliq suğurtasi va bepul ta'limga ega bölişadi.
 
Norvegiya – 33,492

Norvegiyada neft, minerallar, baliqçilik va suv energetikasidan xavotir olişga örin yöq. Umumiy salomatlik suğurtasi va oliy ta'lim Norvegiyaning barça fuqarolariga bir xil joriy qilinadi. Bu maqsadlarga 37 foizlik soliqdan tuşadigan daromadlardan sarflanadi. Soliq miqdori sezilarli bölganiga qaramay, norvegiyaliklar yiliga örtaça 33,492 dollar oladi. 

Foto: Fotolia

Şveytsariya – 33,491

Yevropaning qoq markazida joylaşgan mamlakat fuqarolar erkinligi, turmuş darajasining yuqoriligi, hukumat şaffofligi va inson taraqqiyoti bilan haqli ravişda faxrlanadi. Şveytsariya farmatsevtika, musiqiy asboblar, maxsus kimyo sanoati va aniq ölçov uskunalarini işlab çiqişda yetakçilardan biri. Mamlakat fuqarosi haftasiga örtaça 35 soat işlaydi. Biroq ular mehnat samaradorligi yuqoriligi sababli yillik 33,491 dollar daromad körişini ta'minlaydi.