Insonning öz yurtiga va xalqiga xiyonat qilişi oğir gunohdir. Ana şu haqiqatni anglab yetmaganlar bugun oilasi, xalqi, Vataniga xoinlik qiliş yöliga kirib qolmoqda.
Ammo ular bunday qabihliklar ortida aççiq qismat yotganligini afsuski, keç anglamoqda. Samarqandlik Rasul Tolibov (ism-familiyalar özgartirilgan), Begzod Jasurov, Jamşid Jalilov, Alijon Aliyev, Sayfulla Nabiyev, Tolliboy va Olim Şaripovlar ana şunday aççiq qismatga duçor bölganlardan, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Hamtovoqlar til biriktirib, öz mamlakati konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş mazmunidagi ma'ruzalardan saboq olişgan. Ular uç yil mobaynida jamoat xavfsizligiga qarşi jinoyat sodir etiş maqsadida Afğoniston, Suriya, Iroq davlatlarida taşkil qilingan diniy ekstremistik guruhlar ğoyalarini boşqalarga oçiqdan-oçiq tarğib qilişgan. Turli davralarda ma'ruza va videolarni qöyib, diniy suhbatlar ötkazişgan. Kişilarni Suriyadagi terrorçi guruhlar safiga qöşilişga da'vat etib, özlari ham Turkiya orqali Suriya davlatiga çiqib ketiş rejasini tuzganlar.
Ularni juma namozlaridagi rasmiy imomlarning tinçlik haqidagi ma'ruzalari emas, yangi topişgan birodarlarining “jihod”, “hijrat” haqidagi gaplari, Suriya va Iroqda taşkil etilgan islom davlatidagi “kofirlar zulmidan aziyat çekayotgan musulmon birodarlarga qarşi din yölida jang qilayotgan, “haqiqiy musulmonlar” haqidagi jöşqin hikoyalar qiziqtirardi. Yangi kelganlar birodarlaridan turli disklar, fleşkartalarda yozilgan diniy ekstremistik da'vatlar, ma'ruzalar, audio-videoroliklarni muntazam tinglar, bilar-bilmas suralar yodlab, “bilimini oşirardi”. Kamiga birodarlari bilan suhbatlar mavzusi ham faqat şu haqda edi.
Ammo ular özlarining yovuz rejalarini amalga oşira olişmadi, qabih niyatlariga yetişa olmadi. Bu kimsalarning jirkanç qilmişlari huquq-tartibot organlari tomonidan foş etildi.
Tergov davomida juda köp holatlarga oydinlik kiritildi. Muazzam dinimizning asl mohiyatini yetarliça tuşunmasdan, çala-çulpa tuşunçalarga kör-körona işonib, kimlarningdir qölida qurolga aylanişga harakat qilgan bunday kimsalardan ham nafratlanasan, ham ularga açinasan kişi.
Sud hukmi bilan Rasul Tolibov, Begzod Jasurov, Jamşid Jalilov, Tolliboy va Olim Şaripovlar, Alijon Aliyev hamda Sayfulla Nabiyevlarning har biri 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.











