Koreyalik quruvçilar Toşkent şahrida yangi golf kompleksi hamda aholi uçun turar-joy binolarini barpo etadi. Bu haqda Leaders Country Club Co., Ltd., Keumdo Group Co. Ltd hamda Toşkent şahar hokimligi örtasida imzolangan kelişuvda ma'lum qilingan.
Kelişuvga köra, golf kompleksi loyihasining umumiy qiymati 70 mln. AQŞ dollariga baholangan, şuningdek, uşbu mablağlar Janubiy Koreya tomonidan Özbekistonga olib kiriladigan töğridan-töğri sarmoya orqali qoplanadi. Keumdo Group Co. Ltd bilan tuzilgan kelişuvga köra, köp funksiyali uy-joy qurilişiga 8 mln. AQŞ dollari yönaltiriladi.
22 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Investitsiya davlat qömitasi hamda Jeil Construction rahbariyati örtasida tuzilgan kelişuvga köra, Toşkent viloyatida umumiy qiymati 6 mln. AQŞ dollariga teng energo samarador eko-qişloq loyihasi barpo etiladi.
Janubiy Koreyaning G&W Co. Ltd vakillari esa 28 mln. AQŞ dollariga teng sarmoya bilan Tashkent City xalqaro işbilarmonlik markazini qurişda iştirok etişi ma'lum böldi. Bomi Engineering and Construction kompaniyasi umumiy qiymati 100 mln AQŞ dollariga teng loyiha asosida köp funksiyali işbilarmonlik markazi va mehmonxona kompleksini qurişi bildirildi.












