Farğona viloyati hokimligida Janubiy Koreyaning Dream Build Team kompaniyasi rahbari Pak Yong Şik hamda Incense Korea kompaniyasi rahbari Yu Li Bok bilan uçraşuv bölib ötdi.

Viloyat hokimligi ma’lumotiga köra, uçraşuvda Farğona viloyatida töğridan töğri Janubiy Koreya sarmoyalari hisobiga amalga oşiriş rejalaştirilayotgan investitsion loyihalar, turizm va boşqa sohalarda hamkorlik istiqbollari atrofliça muhokama qilindi. Ekoşahar majmuasining tegişli kiçik sanoat zonasi hududida «Koreys işlab çiqaruvçilari sanoat parki» taşkil etiş böyiça işlarning borişi ham uçraşuv asosiy kun tartibidan örin oldi. 

Dream Build Team kompaniyasi Quva tumani hududida golf maydoni taşkil etiş loyihasini işlab çiqmoqda. Viloyat hokimi boşçiligidagi Farğona delegatsiyasining joriy yil mart oyida Janubiy Koreyaga taşrifi davomida bu borada muzokaralar ötkazilgan. Loyiha istiqbolini hamda viloyatdagi infratuzilmalarni yuqori baholagan Pak Yong Şik, Özbekistondagi ikkinçi golf maydonining barpo etilişi Farğonaga Koreyadan, şuningdek, boşqa xorijiy davlatlardan, Yevropadan köplab golf işqibozlarini jalb etişiga işonç bildirdi. Dream Build Team kompaniyasi rahbari bilan şuningdek, Ekoşahar hududida biznes markazi barpo etiş loyihasi böyiça muhokamalar ötkazildi.

Incense Korea kompaniyasi rahbari Yu Li Bok boşçiligidagi önlab investorlardan iborat guruh, mart oyidagi viloyat delegatsiyasining Koreyaga taşrifi ortidan aprel oyida Farğonaga kelib, viloyatning iqtisodiy salohiyati bilan joyida tanişişgan. Taşrif natijasida Ekoşahar majmuasining tegişli kiçik sanoat zonasi hududida «Koreys işlab çiqaruvçilari sanoat parki» taşkil etiş böyiça dastlabki kelişuvlarga erişilgan. Uçraşuvda Yu Li Bok uşbu sanoat parkida joylaştiriş közda tutilayotgan investitsion loyihalarni işlab çiqilayotgani haqida viloyat rahbariga ma’lumot berdi. 

Şuningdek, Incense Korea kompaniyasi tomonidan Toşkent-Farğona avtomagistral yöli böyida Janubiy Koreya standartlariga mos, savdo, mehmonxona, ovqatlaniş va logistika xizmatlarini öz içiga olgan köp tarmoqli xizmat körsatiş markazi barpo etiş loyihasi taqdim etildi.

Uçraşuvda misni çuqur qayta işlaş, pulli yöllar quriş, turistik obektlar barpo etiş loyihalari böyiça investitsion hamkorlik böyiça fikr almaşildi. Ta’lim sohasida hamkorlik böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişda koreyalik investorlarning ijtimoiy hamkorligi böyiça kelişib olindi.