Miçigan universiteti olimlari dolçin ortiqça vazndan xalos etişi mumkinligini aniqlaşdi. Bu sohaga oid tadqiqotlar natijasi öquv yurtining saytida e'lon qilingan.

Siçqonlar ustida olib borilgan tajribalarda aniqlanişiça, dolçinga ta'm va rang beruvçi jigarrang aldegid jonivorlarda semiriş va gipreglikemiyaning rivojlanişiga tösqinlik qilar ekan. Bu tarkibiy qism yoğ hujayralari (adipotsitlar) ga töğridan-töğri ta'sir ötkazadi va termogenez jarayoni yordamida energiyani yoqişga majburlaydi.

Aniqlanişiça, jigarrang aldegid ta'siri ostida lipid almaşinuvi uçun mas'ul genlar hamda fermentlar va yoğlarning sörilişida katta xizmat qiluvçi Ucp1 i Fgf21 oqsillari soni ortgan.

Şunday qilib, oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladigan dolçin (koritsa) ortiqça vaznga qarşi kuraşişda muhim va samarali vositaga aylanişi mumkin. Biroq, ziravordan oziş uçun foydalanişni boşlab yuborişdan avval, tadqiqotlar yakunlanişini kutiş lozim, deyişmoqda mutaxassislar.