Xöş, sizda diyetolog maslahatlariga ehtiyojingiz bor. Bu mutaxassisni qanday tanlaysiz yoki kimga işonasiz? Uşbu tavsiyalarga amal qiling.

1. Rasmiy ta’lim va malakasini tekşiring

Işonçli diyetolog tibbiy yoki nutritsiologiya sohasida oliy ma’lumotga ega bölişi lozim. Uning sertifikatlari, litsenziyalari, qaysi muassasada ta’lim olgani haqida söraşdan tortiniş kerak emas. Oliy ta’lim haqidagi hujjat bölmasa yoki noaniq manbalardan olgan sertifikatlarga işonmaslik kerak.

2. Har bir mijozga individual yondaşuv

Soğlom oziş bu – faqat vazn yöqotiş emas, balki organizmning umumiy holatini yaxşilaş demakdir. Har bir insonning organizmi, gormonal holati, hayot tarzi va stress darajasi turliça böladi. Şu sababli işonçli mutaxassis har bir mijoz uçun alohida parhez rejasi va tavsiyalar tayyorlaydi. Yoppasiga hammaga bir xil tavsiya beradigan «mutaxassis»dan qoçing.

3. Tekşiruvlarsiz tavsiya bermaydi

Qon tahlillari, gormonal holat, içak faoliyati, uyqu va fizik faollik darajasini örganmay turib mutaxassis har qanday parhez yoki preparat tavsiya qilişga haqli emas. Soğlom oziş xavfsizlik va samaradorlikka asoslangan bölişi kerak.

4. Reklamalarga uçmang

“3 kunda 5 kg vazn yöqoting”, “heç narsa qilmay ozing” kabi va’dalar – bular odatda reklama yoki işonçsiz mahsulotlarning hayajonga yöğrilgan reklamasi bölib, ularning asosidagi usullar siz uçun xavfli bölişi mumkin. Soğlom oziş bu – sabr va muntazamlikni talab qiladigan jarayon.

5. Keng profil mutaxassislari bilan hamkorlik

Işonçli diyetolog psixologlar, fitnes murabbiylar, endokrinologlar va gastroenterologlar bilan hamkorlik qilişi kerak. Bu jarayonda kompleks yondaşuv muhim ahamiyatga ega.

6. Salomatlikni birinçi öringa qöyadi

Diyetologning maqsadi vaznni tez yöqotiş emas, balki organizmning soğlom, faol va muvozanatda bölişini ta’minlaşdir. Har qanday parhez va oziş rejasi bu maqsadga xizmat qilişi kerak.

7. Mijozlar fikri va natijalar

Işonçli mutaxassis haqidagi fikrlar, tajriba natijalari, mijozlarning holati haqida söraş muhim. Ijtimoiy tarmoqlardagi baholar va şarhlar bu borada muhim manba bölişi mumkin.