Sönggi yillarda oziş ijtimoiy tarmoqlarda eng köp tilga olinadigan mavzulardan biriga aylandi. Instagram’da keng tarğib qilinadigan reklamalar orqali odamlar ongida vazn taşlaş faqat qisqa muddatli “diyeta”, zalga borib şuğullaniş, ozdiruvçi dori va çoylar içişga boğliqdek tasavvur şakllanadi. Aslida esa mazkur usullar faqat taşqi körinişda tezkor özgariş hosil qiladi, ammo muammoning ildiziga ta’sir etmaydi, ya’ni yoğ töqimalarini parçalamaydi. Şifokor, diyetolog Feruz Yigitaliyev Kun.uz bilan suhbatda semirişning asosiy sabablari va vazn taşlaşda qaysi usullar samaraliroq bölişi haqida gapirib berdi.

Ötgan asrning 60–80 yillarida ortiqça vazn, ayniqsa, semizlik, deyarli kam uçrardi. Hozir esa nafaqat kattalar, balki bolalarda ham uşbu muammo kuzatilmoqda. Statistik ma’lumotlar sönggi 30–40 yil içida semizlik darajasi global miqyosda ikki baravar oşganini körsatadi. Xususan, JSST ma’lumotlariga köra, 1990 yildan 2022 yilgaça semizlik bilan yaşovçi 5-19 yoşli bolalar va ösmirlar uluşi butun dunyo böylab 2-4% dan 8% gaça, semizlik bilan yaşaydigan 18 va undan katta yoşdagilar uluşi esa 7% dan 16% gaça kötarilgan.

Ilgari semiriş faqat yuqori daromadli mamlakatlarda uçraydigan muammo hisoblangan bölsa, hozirda ayrim örta daromadli davlatlarda ham ortiqça vazn va semiriş darajasi yuqori körsatkiçlarda qayd etilayotgan holatlar mavjud. Feruz Yigitaliyevning ta’kidlaşiça, bunga asosiy sabab odamlarning energiya balansi buzilişida, ya’ni iste’mol qilinadigan kaloriyalar miqdori sarflanadigan energiyadan ortiq bölişidadir.

“Bugungi oziq-ovqat bozori tezpişar, şirin va yoğli mahsulotlar bilan tölib-toşgan. Qulayligi sababli bunday taomlar köpçilikning kundalik ratsioniga kirib qolgan. Gazli içimliklar, şirinliklar, fastfud va yarim tayyor mahsulotlar köp kaloriyaga ega bölib, organizm uçun zarur bölgan vitamin va minerallarni yetarli darajada bermaydi. Natijada energiya tez töplanadi, ammo sarf bölmaydi”, – deydi diyetolog.

Şifokorning sözlariga köra, bugungi stresslarga boy hayot tarzida oziq-ovqat faqatgina fiziologik ehtiyojni qondiriş vositasi emas, tuşkunlikni aritiş, kayfiyatni kötariş omiliga ham aylangan. Odamda xafalik holati yuqori bölsa, uning tanasida “emotsional oçlik” yuzaga keladi. Natijada inson oç bölmasa ham ovqat yeydi, bu esa ortiqça kaloriya töplanişiga sabab böladi.

“Oziş masalasi haqida gap ketganda köpçilik “sport zalida soatlab şuğullaniş yoki kuniga önlab kilometr yuguriş kerak, şunda natijaga tezroq erişaman”, deb öylaydi. Aslida esa kaloriya yöqotişning atigi