Özbekiston Qambar-Ota GES-1ning qurilişida aksiyador bölişni xohlamoqda, deb xabar berdi Qirğiziston boş vaziri Sapar Isoqov Jöqorği Keneşdagi yiğiliş davomida deputat Umbatali Qidiraliyevning savoliga javob qaytarib.
«Qambar-Ota GES-1 böyiça yaxşi muzokaralar olib borildi, Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev va Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev yaxşi yakunlarga keldi, sababi Özbekiston avval qarşi edi, endi esa qöllab-quvvatlamoqda. Bundan taşqari, Özbekiston loyihaga aksiyadorlardan biri sifatida kirmoqçi. Şuning uçun, öylaşimizça, Qirğiziston, Özbekiston va boşqa qöşnilar bu GESni qurişi kerak», - deya aytib ötdi.
Deputatning qöşimça qilişiça, Qambar-Ota GES-1 qurilişida ta'sisçilar sifatida qöşni davlatlar kerak, sababi ular ehtimoliy xaridorlardir.
Boş vazir bu masala körib çiqilişi, biroq asosiysi – mintaqadagi xavfsizlik masalasi ekanini aytdi.
«Biz, albatta, özimizning milliy manfaatlarimizni birinçi öringa qöyişimiz kerak, biroq qöşnilar bilan munosabatlar ham milliy manfaat sanaladi. Mening fikrimça, Özbekiston bilan GESni qursak, bu juda töğri qaror böladi», - deya aytib ötdi u.

















