Qirğiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yilda Davlat soliq xizmati xodimlari maoşini oşirişni rejaga kiritmoqda. Bu haqda parlament yiğilişida ma'lum qilingan.
«Ata Meken» fraksiyasi deputati Natalya Nikitenko «nega şifokor yo öqituvçilarning emas, soliqçilarning maoşi» oşirilayotganiga qiziqdi. Boş vazir Sapar Isakovning aytişiça, «öqituvçilarning maoşi allaqaçon oşirilgan».
«Ijtimoiy soha vakillari bilan taqqoslaganda, öqituvçilar uçun juda yaxşi şaroit yaratib qöydik. Soliq tizimida esa haqiqiy natijaga erişiş maqsadida, barça narsani raqamlar misolida körib çiqmoqdamiz. Yuqori maoş bilan xodimlarning işga bölgan iştiyoqini köpaytiriş lozim. Soliqçilar ayni raqamlaştirilgan tizim joriy etilgaç heç narsa (pora - tahr.) talab qila olmaydi», deydi hukumat rahbari.
Eslatib ötamiz, Isakov bundan avval 2018 yil uçun VM prognozlarini e'lon qilib, tez yordam şifokorlari va boşqa ijtimoiy soha vakillari uçun oyliklar oşirilmasligini ma'lum qilgandi.













