Yaxşi şoirlar ölmaydi. Ularning umri özidan qoldirgan aş'orlarida yaşaydi. Şu yil faoliyatini boşlagan Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf nomidagi maktabda bölib ötgan tanlov yuqoridagi sözlar naqadar haqiqat ekanligini anglatdi.
Tanlovda Andijon viloyatning 50dan ziyod turli ta'lim dargohlaridan kelgan iqtidorli öquvçilar el ardoqlagan şoir qalamiga mansub şe'rlardan namunalar öqidilar. Sodda va ravon sözlar bilan bitilgan – Vatanga muhabbat, ona madhi kuylangan asarlar yoş öquvçilar tilida özgaça ohang berib jarangladi.


Öquvçilar tomonidan tayyorlangan badiiy kompozitsiyalar ham butunlay özgaça körinişda ekanligi yiğilganlarda özgaça taassurot qoldirgani aniq.


Natijalarga köra, Muhammad Yusuf nomli maktab-internati öquvçisi birinçi, 34- davlat ixtisoslaşgan maktab-internati tarbiyalanuvçisi ikkinçi va Andijon şahar 29- umumiy ta'lim maktabi vakili esa uçinçi örinni egalladi.


- Yurtimizda Muhammad Yusuf şe'rlarini yod bilmagan inson juda kam bölsa kerak,- deydi muassasa direktori Şohista Nurmatova. – Uning asarlari allaqaçon millatimizning bebaho mulkiga aylanib bölgan. Bundan taşqari, tadbirga kelgan öqituvçi va öquvçilar bilim dargohida taşkil etilgan muzey bilan tanişdilar. Unda şoir hayotiga oid juda köp körgazmalar, uning qölyozmalari va turli asarlaridan namunalar joy olgan.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
















