Nemis olimlari kaşf qilgan metamaterial materiyaning odatdagi şaklidan farqli ravişda nafaqat yuqori bosimga doş beradi, balki uning ta'sirida kengayadi.
Metamateriallar deb tabiatda uçramaydigan obektlarga aytiladi. Ularning xususiyati uning tarkibini hosil qiluvçi elementlar xususiyati bilan birga, sun'iy ravişda sintezlaştirilgan davriy tuzilmasiga ham boğliq böladi. Olimlar tabiiy matritsadan, unga turli davriy tuzilmalarni kiritiş orqali özlari istagan, tuzilmalar hajmi, şakli, tuzilmalarning matritsadagi takrorlaniş davriyligi ular belgilaganidek böldi.
Sintezlaştirilgan metamateriallar texnologik jihatdan erişiş muşkul bölgan yoki tabiatda uçramaydigan fizik xususiyatlarni namoyon etadi. Xususan, metamateriallar noodatiy xususiyati bilan yoruğlikni salbiy sindiruvçi körsatkiçga ega bölişi mumkin. Undan esa, 3 hadli jismlarni yaşira oladigan libosni tiksa böladi.
Olimlarning tadqiqoti haqida Physical Review X jurnali maqola çop etişi rejalaştirilgan.












