Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Seul şahrida BMTning sobiq boş kotibi Pan Gi Munni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Samimiy va oçiq ruhda ötgan muloqotda davlat rahbari Pan Gi Mun BMTga Boş kotiblik davrida Özbekiston bilan BMT hamkorligida samarali loyihalar amalga oşirilganini yodga oldi.
Pan Gi Mun prezident Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat taşrifini yuqori baholab, bu ikki mamlakat örtasidagi azaliy döstlik va özaro işonç ruhidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirişda muhim qadam bölişini qayd etdi.
Joriy yil 10 noyabr kuni Samarqandda ötgan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik» mavzuidagi xalqaro anjumanda kötarilgan masalalar dolzarbligi, Özbekistonning taşabbuslari Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirişda muhim qadam bölişi ta'kidlandi.
Qayd etilişiça, Pan Gi Mun Şavkat Mirziyoyevga Özbekiston va Janubiy Koreya örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga qöşayotgan hissasi uçun minnatdorlik izhor qilgan.











