24 noyabr kuni Xalqaro press-klubda Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi soha mutaxassislari bilan ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda Özbekistonda Euro-4, Euro-5 standartlariga mos keluvçi yoki elektromobillar işlab çiqariş, sotişni rağbatlantiriş borasida qanday çoralar rejalaştirilayotganiga oydinlik kiritildi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.

Özbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari Oybek Adhamjonovning ma'lum qilişiça, bugungi kunda Özbekistonda Euro-4, Euro-5 standartiga mos keluvçi avtomobillarni işlab çiqariş böyiça işlar olib borilmoqda. Prezidentning Koreya respublikasiga davlat taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlardan birida ham aynan ekologik me'yorlari yuqori bölgan yuk va yölovçi transport vositalarini işlab çiqiş loyihalarini amalga oşiriş belgilangan. Bundan taşqari, yaqinda Özbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov Germaniyada bölib qaytdi. U yerda ham Özbekistonda yangi avtomobil zavodlarini barpo qiliş, şu jumladan Euro-4, Euro-5 standartlariga mos keluvçi transport vositalarini işlab çiqiş masalalari muhokama etildi.  

Foto: Xalqaro press-klub

Oybek Adhamjonov, şuningdek, Toşkent şahrida çiqindilarni alohida taşiş loyihasining taqdiri nima bölganiga oydinlik kiritdi. Uning bildirişiça, bir neça yillar jahonning rivojlangan davlatlarida çiqindilarni qayta işlaşni osonlaştiriş maqsadida şu kabi işlar yölga qöyilgan. Ammo bugungi kunda çiqindilarni qayta işlaş texnologiyalari rivojlangani sababli maişiy va qattiq çiqindilarni alohida olib çiqiş talab etilmaydi. Qolaversa, çiqindilarni alohida olib çiqiş moddiy jihatdan özini oqlamaydi, ya'ni serxarajat hisoblanadi. 

“Biz Germaniyaga borib, bugungi kundagi çiqindilarni qayta işlaş böyiça yangi texnologiyalar bilan tanişganimizda, ular çiqindilarni zavodning özida saralaş vaqtida lazer yordamida ajratiş imkonini berişiga guvoh böldik. Masalan, Germaniya ham çiqindilarni alohida olib ketişdan voz keçmoqda. Çunki şu kabi loyiha u yerda amalga oşirilganida çiqindilarni olib ketuvçi maşinalarni ham turkumlaştirişga töğri kelgan. Bu esa, qayta işlar tannarxini asossiz ravişda oşirgan”, - dedi Adhamjonov.