Özbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov va Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev örtasida ötkazilgan uçraşuvi natijalari böyiça hamkorlik rejasi imzolandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Patruşev MDH davlatlaridan bölgan hamkasblari bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazgan. 

Xususan, "Patruşevning uçraşuvlari natijalari böyiça Belarus Xavfsizlik kengaşi davlat kotibi Stanislav Zas, Özbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov bilan hamkorlik rejalari imzolandi".

Şuningdek, Moldova Xavfsizlik Kengaşi Oliy kengaşi kotibi Artur Gumenyuk va RF Xavfsizlik kengaşi kotibi örtasida xavfsizlik kengaşlari devonlari örtasida özaro aloqalar haqida bayonnoma imzolandi. 

Patruşevning Tojikiston Xavfsizlik kengaşi kotibi Abdurahim Qahhorov bilan uçraşuvida “ikki davlat maxsus xizmatlari va kuçişlatar tuzilmalarining özaro munosabatlari masalalari körib çiqildi”.