12 noyabr kuni Özbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov Moskvada MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengaşida iştirok etdi.

RIA Novosti ma’lumotiga köra, uçraşuvda Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston, Belarus va Özbekiston mudofaa vazirlari, Ozarboyjon armiyasi Boş ştabi boşliği hamda MDH Boş kotibi Sergey Lebedev qatnaşgan. Turkmaniston, Armaniston hamda Moldova esa harbiy delegatsiyalarini uçraşuvga yubormagan.
Yiğilişda Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov hamdöstlik mamlakatlari örtasidagi köp tomonlama harbiy hamkorlik, II jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligiga tayyorgarlik köriş hamda ğarbning harakatlari haqida gapirgan.
«Harbiy sohadagi hamkorlikning eng muhim yönalişi mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlaşdir. Yiğilganlarga uni qöllab-quvvatlagani va amalga oşirişdagi faol iştiroki uçun minnatdorçilik bildiraman. Köp yillik harbiy hamkorlik qurolli kuçlarimizni takomillaştirişga xizmat qildi. Havo hujumidan mudofaa, aloqa, radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyatni nazorat qiliş va baholaş, «Parol» radar identifikatori va boşqalar uçun yagona harbiy tizimlar yaratildi. Biz tajribalarni, jumladan Ukrainadagi maxsus operatsiya davomida orttirilgan tajribamizni almaşamiz.
Kollektiv Ğarb öz gegemon rolini saqlab qoliş uçun mintaqaviy barqarorlikni buzişga harakat qilmoqda. Şu bois, Qozonda ötgan BRIKSning kengaytirilgan sammitida mojarolarni tinç yöl bilan hal etiş va adolatli köp qutbli dunyo tartibotini şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bugun biz bu yilgi iş yakunlarini sarhisob qildik va 2025 yilga 120 dan ortiq tadbirlarni rejalaştirdik. MDH doirasida 2030 yilgaça bölgan harbiy hamkorlik konsepsiyasiga katta e’tibor qaratildi», — deya Andrey Belousovning sözlarini keltirgan Rossiya mudofaa vazirligi.



















