Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov 24 noyabr kuni Qozoğiston boş vazirining birinçi örinbosari Asqar Maminni qabul qildi.

Uçraşuv davomida Özbekiston va Qozoğiston vakillari sanoat kooperatsiyasi, agrosanoat, harbiy-texnik, aerofazoviy, tranzit-transport sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qilişdi.

Tomonlar yer va sun'iy yöldoş aloqasini masofadan turib zondlaş uçun Qozoğistonning sun'iy yöldoşli guruhi xizmatlarini taqdim etiş imkoniyatlarini körib çiqdilar.

Uçraşuvda Asqar Mamin ikki mamlakat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi joriy yilning yanvar-sentabr oyida 30%ga oşgani hamda 1,5 mlrd. dollarni taşkil etganini ta'kidlab ötdi. Uning fikriga köra, 2017 yilning oxiriga kelib savdo aylanmasi 2 mlrd. dollarga yetadi.

Mamin 2020 yilga kelib salohiyatni hisobga olgan holda özaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkaziş kerakligini qayd etdi.

Tomonlar mintaqaviy va çegaraoldi hamkorligi - ikki tomonlama hamkorlikning muhim yönalişi mavjud salohiyatini röyobga çiqarişni qöllab-quvvatlaşdi.

Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov şu nuqtai nazardan Mintaqalararo hamkorlik forumini taşkil etiş ğoyasini qöllab-quvvatladi. Mazkur forum Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantiriş uçun asos bölişi kerak.

Şuningdek, Qozoğiston delegatsiyasi Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari Oçil Ramatov tomonidan ham qabul qilindi.

Özbekiston va Qozoğiston boş vazir örinbosarlari savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş hamda özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, şuningdek, tovarlar turlarini kengaytiriş masalalarini muhokama qilişdi.